Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
TUMANDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HAMDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH BOʻYICHA 2025-YIL III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI.

Xisobotda 2025-yil 9 oyi tumanda jami 129 ta jinoyat qayd etilgan. Shundan, tezkor yoʻllar bilan aniqlangan jinoyatlar 53 tani, oldini olish mumkin boʻlgan 67 tani va axborot texnologiyalar orqali sodir qilingan jinoyatlar 9 tani tashkil qilgan. Yengil tan jarohati yetkazish 66 foizga (9/3), firibgarlik 13 foizga (15/13), bezorilik 85 foizga (7/1), oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish 57 foizga (7/3) va oilaviy zoʻravonlik 50 foizga (2/1) kamaygan.

Shuningdek, tumanda profilaktik ishlar yetarli boʻlmaganligi oqibatida tan jarohati bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalari 7 foizga (13/14), oʻgʻrilik 25 foizga (8/10) va ogʻir tan jarohati yetkazish 100 foizga (1/2) koʻpayishiga yoʻl qoʻyilgan.

Ushbu oʻtkazilgan maxsus tezkor tadbirlar natijasida 21 ta giyohvandlik holatlari aniqlandi. Bundan tashqari, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida maʼmuriy nazorat qoidasini buzish, qimorxona tashkil etish, noqonuniy qurol saqlash, qoʻshmachilik, tovlamachilik, poraxoʻrlik va boshqa turdagi jinoyatlar aniqlangan. Jinoyat sodir qilib qidiruvda boʻlgan 9 nafar shaxs ushlanib, tergov organlariga topshirilgan.

Tumandagi mahallalar hududida oldini olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlar sodir qilinganligi oqibatida 1 ta “Anjirbogʻ” mahallasi “qizil” toifaga tushgan boʻlsa, 7 ta “Koʻlxatib”, “Rozmoz”, “Charmgaron”, “Kumushkent”, “Doʻstlik”, “Shirin” va “Latifsobungar” mahalla hududlari “Sariq” toifaga tushdi. 31 ta mahalla hududida jinoyatlar sodir qilinmaganligi natijasida “Yashil” toifaga kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib oʻtishdi. Mazkur masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 5