Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Tashabbusli byudjetning 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalardan biri Kattaqo‘rg‘on shahar Qo‘shhovuz mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida faollar zali hamda oshxona binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
2025-yil ikkinchi mavsumi “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar Usmon Nosir nomli mahalla binosini buzib, qayta qurish hamda yangi bino ichida kutubxona va ayollar uchun fitnes zali tashkil etish maqsadida 1 milliard so‘mlik loyiha g‘olib deb topilgan edi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
#deputat_soʻrovi #shahardeputatlari #deputatlik_faoliyati
янв.21
Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan maktab.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova
янв.21
19-Raxima Islomova saylov okrugi deputati D.Muhammadiyev Chinobod MFYda ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
TA’LIM SIFATI YUQORI BO’LGAN MAMLAKATDA IQTISODIYOT BARQAROR O’SADI.

#munosabat

TA’LIM SIFATI YUQORI BO’LGAN MAMLAKATDA IQTISODIYOT BARQAROR O’SADI.

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurdi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

Tadbirda davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshirdi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi. Xususan, So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek dunyodagi eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallim, professor va o‘qituvchilarni – bir millionlik pedagoglar jamoasini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi. “...iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi.

Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”, – dedi davlatimiz rahbari.

“Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli. Ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!”, – dedi Prezident.

Prezidentimiz bog‘cha tarbiyachilari uchun muhim yangilikni aytdi. Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.

Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.

“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”, – dedi Prezident. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi. Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.

Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”, – dedi Prezident. “Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki bo‘ladi”, – dedi davlatimiz rahbari.

2026 yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishi qayd etildi. 

Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi. Ayni paytda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini o‘qitish juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi. Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi. “Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”, – dedi Prezident.

So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi. 

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1