Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
MUNOSABAT

 MUNOSABAT 

Yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, uni jahon standartlariga mos darajaga ko‘tarish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar keng qamrovli va uzluksiz xarakter kasb etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida o‘tkazilgan “Ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelajakda ustuvor vazifalar” mavzusidagi selektor yig‘ilishida aynan shu yo‘nalishdagi eng dolzarb masalalar va ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Mazkur yig‘ilishda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifatni oshirish, o‘qituvchilar malakasini yuksaltirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, yoshlarimizni yuksak ma’naviy va ilmiy salohiyatli qilib tarbiyalash borasida aniq chora-tadbirlar belgilangani yurtimiz kelajagi uchun muhim qadamdir. 

Bugungi kunda davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalda hayotga tatbiq etish har birimizdan mas’uliyat, tashabbuskorlik va hamjihatlikni talab etadi. Shu boisdan biz, xalq vakillari sifatida, mazkur islohotlarning izchil ijrosini ta’minlashda, ayniqsa ta’lim muassasalarida yangi imkoniyatlar yaratishda o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. 

Yuksak ma’naviyatli, bilimli va tashabbuskor yoshlar – yurtimizning eng katta boyligi va kelajagidir. Prezidentimiz tashabbuslari doirasida ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligi yuksak natijalarga olib kelishiga ishonchim komil. 

Esanbay Babayev, Oqoltin tumani kengashi deputati