Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
#_munosabat

 O‘zbekistonda bog‘cha yoshidagi bolalarni
maktabgacha ta’limga qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 9
sentabrda ta’lim sohasi bo‘yicha aytgan fikrlari bu borada yangi natijalar va yangiliklar kiritish zaruratini bildiradi.
 

Yangi o‘quv yilidan “1+5” bakalavr ta’lim shaklini joriy etish orqali pedagogika oliygohlarida tarbiyachilar ta’limini takomillashtirish, bugungi kunda prognoz qilinayotgan talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Har yili bog‘chalarga qariyb 10 ming oliy
ma’lumotli mutaxassis kirib kelishi, ta’lim sifatini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
 

Shuningdek, kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirish uchun tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus, tarbiyachilarga zamonaviy metodikalar yordamida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilash imkoniyatini yaratadi. 

Tarbiyachilarning salohiyatini oshirish, bolalarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishiga imkon beradi va ularning psixologik, mantiqiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning kelajagi
uchun ko‘p narsalarni belgilaydi.
 

Shu o‘rinda, ta’lim
sohasidagi yangiliklar, birinchidan, bolalarning o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan
bilimlari va ko‘nikmalarini mukammal qiladi, ikkinchidan, tarbiyachilarning
professional rivojlanishiga xizmat qiladi.
 

Natijada, bolalarimiz har
tomonlama yetuk, zamon talablariga mos shaxslar sifatida tarbiyaning asosiy
bo‘g‘inlari bo‘lib yetishishiga katta yordam beradi. Buning uchun esa, biz —
deputatlar, o‘z navbatimizda, bu borada zavqlanib ishlashda davom etishga
tayyormiz.
  

XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENAGSHI DEPUTATI L.BEHBUDOVA