Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Namunali kengash – Jomboy misolida

Xalq deputatlari viloyat, tuman-shahar kengashlari deputatlari hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirokida Jomboy tumanida amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev,

Oliy Majlisi Senatining hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, strategik rejalashtirish va yig‘ma 

axborot-tahlil bo‘limi mudiri Nazarov Alisher, Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Shuhrat Negmatov, viloyat kengashi kotibiyat mudiri Saidahmad Usmonov, viloyat kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Farmon Toshev hamda boshqa deputatlar va mutaxassislar qatnashdi.

Seminar ishtirokchilari dastlab Jomboy tuman kengashining o‘tgan davrdagi faoliyati, jumladan, doimiy komissiyalarning ish yuritish tartibi va samaradorligi bilan tanishishdi. Tuman kengashining bu boradagi ilg‘or tajribasi komissiya raislari tomonidan amaliy misollar asosida tushuntirildi.

Shuningdek, Senat a’zolari, deputatlar va kotibiyat xodimlari mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirish, ularning aholiga yanada yaqin bo‘lishini ta’minlash hamda nazorat funksiyalarini kuchaytirish borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir doirasida “mahalla yettiligi” hamda deputatlar hamkorligida Tut mahallasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir so‘nggida mahalliy kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga oid ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 8