Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Maktablarda 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O'ktam Omonov tomonidan tumandagi Oqtosh mahallasi hududida joylashgan 19-umum ta'lim maktabining 2025-2026-o'quv yiliga tayyorligi borib o'rganildi.

19-umumta’lim maktabida 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida samarali ishlar olib borilmoqda. O‘quv yiliga zarur darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash, o‘quvchilar o‘rindiqlari, partalar hamda sinfxonalar jihozlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktabda ta’mirlash ishlari qisman yakunlanib, o‘quvchilarni munosib kutib olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilyapti.

Kuz-qish mavsumida o‘quvchilarning sog‘ligini saqlash maqsadida isitish tizimining holati ham ko‘zdan kechirilib, hozirda texnik sozlash ishlari davom etmoqda. Mavsumga to‘liq tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan.

Maktab ma’muriyati deputatga o‘qituvchilarning dars berish sifati, metodik tayyorgarligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi haqida ma’lumot berdi. Malaka oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

Deputat ushbu maktablarning holatini doimiy nazorat qilib, zarur yordamlarni ko‘rsatishni davom ettirishini ta’kidladi. Maktab jamoasi o‘quvchilarga zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish uchun katta say-harakat qilmoqda. 

Slide 1 of 5