Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Atrof-muhit muhofazasi va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi vazifalar muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi. 

Komissiya yig‘ilishida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Oltinsoy tuman inspeksiyasi boshlig‘i Safarov Furqat Xurramovich ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobot taqdim etdi. 

Hisobotda tumandagi ekologik holat, chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Yig‘ilishda komissiya a’zolari tomonidan atrof-muhit muhofazasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi va hisobot yuzasidan qator savollar berildi. Mazkur savollarga mas’ul mutasaddi tomonidan atroflicha javoblar berildi. 

Shuningdek, davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalarning tumandagi amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. 


Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5