Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Tuman Kengashi Deputati M. Kazakova 80-umum ta'lim maktabini borib o‘rgandi.

Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova tomonidan 80-umumta'lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida o‘rganish olib borildi. Ushbu tekshiruvda maktabdagi isitish tizimi holati va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar diqqat markaziga olindi. 

Kuz-qish mavsumiga tayyorlik doirasida, maktabda qishki isitish uchun 74 tonna ko‘mir olib kelingan. Biroq, yopiq binodagi isitish tizimi hali ham ishlashda muammolarga duch kelgan. O‘rganish davomida, binodagi isitish tizimida suv aylanishi bo‘lmaganligi va serkulatsiya jarayonining nosozligi aniqlangan. Bu holat maktabni qishda to‘liq isitish imkonini bermayapti, shuning uchun tizimni tezda ta'mirlash va samarali ishlashini ta'minlash zarurati tug‘ildi.

Maktabda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun, 90 kunlik shtab tashkil etilgan bo‘lib, hozirda kunlik ish rejimiga o‘tildi. Boshqa ta'lim muassasalariga nisbatan o‘quvchilarni vaqtini samarali tashkil etish uchun yangi to‘garaklar tashkil etilgan. Hozirda 6 ta to‘garak faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklar turli sohalarda bilim olishni xohlagan bolalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Slide 1 of 5