Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Deputat tomonidan maktablarning 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Payariq tumani kengashi deputati Kosimova Saodat tomonidan 25- va 27-maktablarning 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida amalga oshirilgan tashrifi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu tashabbus joylardagi ta’lim muassasalarining holatini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan amaliy yondashuv namunasi sifatida qaralmoqda.  

 Deputat tomonidan maktab infratuzilmasi, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza, darsliklar bilan ta’minlanganlik, xavfsizlik choralarining ko‘rilganligi kabi masalalarga e’tibor qaratilgani maktab jamoalari va ota-onalar orasida ijobiy baholandi. Ayniqsa, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish orqali bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun zamin yaratilayotgani quvonarli holatdir. 

 Ta’lim –jamiyat taraqqiyotining poydevori. Shu bois, maktablarning holatiga befarq bo‘lmasdan, ularni muntazam nazorat qilish, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida deputatlar tomonidan olib borilayotgan bunday faoliyat albatta maqtovga loyiq. Bu nafaqat maktab rahbariyatini, balki mahalliy hokimiyat, ota-onalar hamda keng jamoatchilikni ham ta’lim muammolariga befarq bo‘lmaslikka undaydi.   

Slide 1 of 3