Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Tashrif – e’tibor, mas’uliyat – taraqqiyot garovi

 Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B. Shakarovning Ko‘lto‘sin mahallasidagi maktablarga amalga oshirgan tashrifi, nafaqat joylardagi ta’lim muassasalarining haqiqiy holatini o‘rganish, balki mavjud muammolarni aniqlash va ularni yechishga amaliy yondashuv namunasidir. 

Ta’lim tizimi – har qanday jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy ustunlardan biridir. Maktablarda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, darsliklar bilan ta’minlanish, sanitariya-gigiena holati va o‘qituvchilarning malakasi bevosita ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shakarov B. tomonidan amalga oshirilgan bunday tashriflar, aynan shu omillarni o‘rganishga,
kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, tezkor choralar ko‘rishga xizmat qiladi. 

Deputatning maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va mahalla faollari bilan ochiq muloqotlar olib borishi esa xalq bilan bevosita ishlash tamoyiliga mos keladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasalari bilan jamiyat o‘rtasida sog‘lom aloqalar o‘rnatilishiga xizmat qiladi. 

Eng asosiysi, bunday tashabbuslar nafaqat mavjud muammolarni ko‘rsatib berish, balki ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarimiz uchun munosib va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida aniq rejalashtirilgan ishlarning boshlanishiga turtki beradi. 

   

Slide 1 of 3