Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Islohotlar samaradorligi - har bir mutasaddining javobgarligida!

      2025-yil 16-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, hududlar kesimidagi ijro intizomi hamda aholining dardiga yechim topishga qaratilgan yondashuvlarni yana bir bor chuqur tahlil qildi.

Bu yig‘ilish, aslida, har bir rahbar, har bir mas’ul shaxs uchun jiddiy xulosa chiqarish vaqti kelganini ochiq ko‘rsatdi.

So‘nggi 5 oyda sanoat salohiyati 6,4 foizga, eksport 18 foizga, xorijiy investitsiyalar esa 46 foizga o‘sgan. 3 milliard dollarlik 2,5 mingdan ortiq yangi quvvatlar ishga tushirilgan. Bu esa iqtisodiy siyosatimizning oqilona olib borilayotganligining yorqin ifodasidir.

📌 Har bir rahbar faol va tashabbuskor bo‘lishi shart!

Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, hokimlar va vazirlar topshiriq kutib o‘tirmasdan, masalani oldindan ko‘rib, proaktiv tarzda ish yuritishi lozim. Aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot, ularning muammolariga tezkor yechim topish bu rahbarlik mezoniga aylanishi kerak.

📌Yilning muhim yangiliklaridan biri energiya tejamkor texnologiyalarni ommalashtirish bo‘yicha dasturlar bo‘lib, bu nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlik yo‘lida ham muhim qadamdir.

📌 Aholini qiynayotgan muammolarga aniq yechimlar

Qishloq xo‘jaligidagi suv ta’minotidan tortib, oziq-ovqat yetishtirishdagi zahiralardan oqilona foydalanishgacha, barchasi mutasaddilar mas’uliyatini oshiradi. Eng asosiysi, har bir qarorning markazida aholi ehtiyoji turishi kerakligi, mamlakatimizda inson qadrining naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi.

📌 Yurtboshimiz mahalla tizimi, kadrlar va boshqaruvdagi islohotlarga alohida e’tibor qaratdi. Mahalliy boshqaruvdagi kamchiliklar, hokimlarning vakolatlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini moliyaviy ta’minlangan aniq vazifalar asosida belgilash zarur. Bu esa real natijani kafolatlaydi.

📌 Ish haqi va rag‘bat siyosati

2025-yil 1-avgustdan boshlab hokimliklarda ish haqi oshiriladi. Ish natijasiga qarab ustama va bonuslar belgilanadi. Bu esa zamonaviy boshqaruv tizimining muhim jihati hisoblanadi.

    Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan ushbu yig‘ilish har bir rahbar, mutasaddi va deputat uchun aniq vazifalarni belgilab berdi. Eng muhimi xalqimizning dardi, muammosi va orzulari har qanday qarorning markazida bo‘lishi shart.

   Men, Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati sifatida, davlatimiz rahbarining bu kabi aniq, hayotiy tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va har bir mahalla, tuman hamda hududda bu topshiriqlarning ijrosini qat’iy nazoratda tutishimiz zarurligini ta’kidlayman.

Zarnigor SODIQOVA

Qibray tuman Deputatlar Kengashi deputati