Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Ekologik madaniyat – har bir fuqaroning kundalik hayot tarzi bo‘lishi kerak

 Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda O‘ZNNTMA Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida Navoiy davlat universiteti Tarix fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, yoshlar orasida chuqur targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati o’tkazildi. 

Mazkur konsepsiya – ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish, yoshlar ongida ekologik tafakkurni rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish borasida muhim huquqiy poydevor hisoblanadi. 

Tadbir davomida konsepsiyada belgilangan asosiy yo‘nalishlar, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasi, ekopartiya
tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

Ayniqsa, pedagogik yo‘nalishdagi talabalar bilan bo‘lgan ochiq va samimiy muloqot alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Talabalarning ekologik madaniyatni targ‘ib qilishdagi o‘rni, mas’uliyati va tashabbuskorligi muhokama qilinib, ular jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarning faol ishtirokchilari ekani yana bir bor ta’kidlandi.
 

Shuningdek, tadbirda 2025-yil 14-fevral kuni Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazgan tarixiy uchrashuvi xususida ham
alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu muloqotda ilgari surilgan g‘oyalar, xususan, ekologiya, ta’lim va yoshlar masalalariga doir fikrlar – yoshlar zimmasiga yuklangan ulkan ishonch va mas’uliyat timsoli sifatida talqin etildi.
 

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan konsepsiya mazmunini keng jamoatchilik orasida targ‘ib etish, ekologik madaniyatni
umumxalq harakatiga aylantirish, har bir fuqaroning ekologik mas’uliyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
 

Tabiatga ehtiyotkor munosabat – har birimizning burchimiz! Ekologik xavfsizlik, yashil muhit va farovon kelajak yo‘lida barcha
kuchlarni birlashtirish bugunning dolzarb vazifasidir.
 

Ekopartiya bu borada o‘zining siyosiy va ijtimoiy mas’uliyatini chuqur his qilgan holda, ushbu muhim islohotlarning ilg‘or
tashabbuskori sifatida faoliyat olib bormoqda.
 

  

   

Slide 1 of 7