Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek sessiya ishida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari Pulatov Baxtiyor Alimovich, O'zbekiston Respuplikasi Hisob palatasi bo'lim boshlig'i Safarov Elmurod Donoboyevichlar ishtirok etdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Kun tartibida "Surxondaryo viloyatida zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi holatlari yuzasidan", "Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, hududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat Sport boshqarmasi boshliqlarining axboroti to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining “Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining 2024-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti” bo‘yicha xulosasining muhokamasi to‘g‘risida" kabi dolzarb qaror loyihalari deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Sessiya ishida jami 17 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi va bir ovozdan ma'qullandi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" televideniyesi orqali to'liq shaklda efirga uzatildi.

Slide 1 of 10