Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
INVESTISIYALAR – FAQAT IQTISODIY TARAQQIYOTNING EMAS, BALKI TINCHLIK VA BARQARORLIKNING KAFOLATIDIR!

Bu galgi majlisda ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etdilar va tajriba almashish, aniq loyihalarni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar bo‘yicha yaqindan maslahatlashib olindi.

 

Xususan, Forumning asosiy mavzusi bo’lgan investisiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir! Keling, birgalikda shunday investisiya muhitini yarataylikki, u daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug’laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylanshi haqida takidlab ta’kidlab o‘tdilar.

O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti sakkiz yilda 2 barobar ko’paydi. 2030 yilga borib, bu ko’rsatkichni 200 milliard dollarga etkazishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. O’tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga etgani bu – to’rt yildan buyon o’tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir.

“Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat – Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz”. Bu yo‘lda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz deya ta’kidlab o‘tdilar.

Investorning O‘zbekistonga ishonch ila sarmoya kiritishi – bu yurtning tinchligi, xotirjamligi, ishonchliligidan darak berib, yangi ish o‘rinlarni yaratib berishi kundek ravshan, o‘z davlatimizda, oilamiz bag‘rida ishlab yashash baxti hamma vatandoshlarga nasib qilsin.

Komiljon Muhammadiyev

 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati