Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
CHINOZ TUMANI. MAMLAKATIMIZDA XORIJIY SARMOYADORLARGA YANADA QULAY MUHIT YARATILMOQDA.

Bu galgi majlisda ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etdilar va tajriba almashish, aniq loyihalarni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar bo‘yicha yaqindan maslahatlashib olindi. 

Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘tgan yili O‘zbekistonga rekord miqdorda – 1 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritdi. Mamlakatimiz ushbu bankning mintaqadagi eng yirik hamkoriga aylangani, xususiy sektor bilan hamkorligi keskin kuchayib, bir yil davomida ularning xususiy kompaniya va banklar bilan qo‘shma loyihalari hajmi 1 milliard dollardan ortgani, “Acwa Power”, “Masdar”, “Linde”, “Shanghai Environment”, “Total Energies” singari yetakchi kompaniyalar 8 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritib, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Xorijiy korxonalar bilan birma-bir gaplashib, bildirilgan 40 dan ziyod tashabbuslarni saralab olingani, Jumladan sarmoyadorlar soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni ko‘paytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish bo‘yicha takliflarni berilgani aytildi.

“Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat – Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz”. Bu yo‘lda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz deya ta’kidlab o‘tdilar.
Investorning O‘zbekistonga ishonch ila sarmoya kiritishi – bu yurtning tinchligi, xotirjamligi, ishonchliligidan darak berib, yangi ish o‘rinlarni yaratib berishi kundek ravshan, o‘z davlatimizda, oilamiz bag‘rida ishlab yashash baxti hamma vatandoshlarga nasib qilsin.


 Olimjon Dadajanov,

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati 

Slide 1 of 1