Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
KENGASH FAOLIYATI :

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining 2025-yil 12-iyun kunida navbatdagi to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 11 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 17-martidagi SQ-89-V (https://lex.uz/uz/docs/-7454538) sonli korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qarori asosida, Jarqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida 2025-yilning 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori o'rinbosarining axboroti to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekbardagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari va mas’ullarning hisoboti to‘g‘risida.    

3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari”ga oid о‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga olib tegishli qarorlar qabul qilindi va tasdiqlandi. 

Kun tartibidagi qolgan 8 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi. 

 📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning facebook (https://www.facebook.com/share/v/19AmANVe6u/) sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1