Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
MAHALLIY SANOATDA YANGI QADAM

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlik sohalarida amalga oshirilishi shart bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. 

Bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Navoiy viloyatida bo‘lib, Navoiy shahridagi “Xovandamir Holding” MCHJga qarashli “Muhtasham mebellar” fabrikasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mebelsozlik mahsulotlari o‘z brendiga ega. 150 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxonada yillik ishlab chiqarish hajmi 27 milliard so‘mni tashkil etayotgani mahsulotlarining sifatliligi va bejirimligini ko‘rsatmoqda.

Partiya raisi Alisher Qodirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bahodir Mamatxonov, Kozim Tojiyev hamda korxona rahbari Husniddin Gapparov hamrohligida korxona ish faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, milliy brendni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 7