Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar

🔹Joriy yilning 15-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi maktab ta’limi sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak adashmaymiz. Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning malakasini muntazam ravishda oshirish, maktab infratuzilmasini yaxshilash va zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha ko‘plab muhim vazifalar belgilab berildi.

🔹Mening fikrimcha, bu islohotlarning eng asosiy jihati – ta’lim tizimini natijadorlikka yo‘naltirish va har bir o‘quvchining individual salohiyatini yuzaga chiqarishdir. Ayniqsa, ustozlarga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotgani, ularning moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’limdagi ijobiy o‘zgarishlarga kuchli turtki beradi.

🔹Ushbu yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar – nafaqat ta’lim tizimini rivojlantirish, balki butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bunday islohotlarni har bir pedagog, har bir ota-ona qo‘llab-quvvatlashi zarur, chunki farzandlarimiz kelajagi aynan bugungi ta’lim sifatiga bevosita bog‘liq.

🔹Xulosa qilib aytganda, mening fikrim Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ta’lim sohasida chuqur tahlil va amaliy yechimlarga asoslangan muhim hujjat bo‘lib xizmat qildi. Unda belgilangan vazifalar nafaqat maktab ta’limining sifatini oshirish, balki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yangi munosabatlar tizimini shakllantirishga qaratilgan. Har bir pedagog va ota-ona bu islohotlarga mas’uliyat bilan yondashsa, ta’limda kutilgan yuksalishlarga erishish albatta mumkin.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov