Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Zomin tumanida Xotira va qadrlash kuni hamda Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Zomin tumanida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman hokimligi, tuman tashkilotlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar va faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbirni Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tuman hokimi o‘z nutqida bayram ishtirokchilarini samimiy muborakbod etib, quyidagilarni ta’kidladi:

— Hurmatli faxriylar, aziz yurtdoshlar! Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu sana — mardlik, jasorat va fidoyilik timsoli bo‘lib, bizni tarixiy xotira va bugungi tinchlikning qadriga yetishga undaydi.

Tadbir davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida ko‘rsatilgan qahramonlik unutilmaydi” degan g‘oya asosida urush va mehnat faxriylari, ularning o‘lmas jasorati, xalqimizning mashaqqatli yillardagi fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

Ma’lumot o‘rnida, urush yillarida O‘zbekiston hududida 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilingan fuqarolarga boshpana berilgan, 250 mingdan ziyod yetim bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan. 

Bugungi kunda faxriylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

So‘ngra tuman tashkilotlari, korxona va muassasalari vakillari tomonidan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, urush qurbonlari xotirasi hurmat bilan yod etildi.

Slide 1 of 8