Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
янв.21
Munosabat
ZOMIN OPEN II – Erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnir Zomin tumanida o‘tkazilmoqda

Turnirning final bosqichi ayni paytda o‘tkazilmoqda. Tadbirning ochilish marosimida Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni qutladi, ularga omad tiladi va bu kabi musobaqalarning sportchilar hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tuman hokimi nutqida bu kabi xalqaro tadbirlar sportchilarning tajriba almashishida, jismoniy va ruhiy salohiyatini oshirishda, eng asosiysi, mamlakatimiz sport nufuzini xalqaro maydonda mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Musobaqa Zomin tumani sport maktabi bazasida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli va istiqbolli sportchilar bilan bir qatorda, qo‘shni davlatlar hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan kelgan sportchilar ham ishtirok etmoqda. Bu esa turnirga chinakam xalqaro maqom baxsh etmoqda.

Musobaqa sportchilar uchun faqatgina bellashuv emas, balki o‘zaro tajriba almashish, professional mahoratni oshirish va xalqaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlash uchun ham katta maydonga aylanmoqda. Yosh sportchilar ushbu turnir orqali o‘z iste’dodlarini keng jamoatchilikka namoyon etish, murabbiylar esa o‘z shogirdlarining salohiyatini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “ZOMIN OPEN II” xalqaro turniri nafaqat sport sohasida, balki Zomin tumanining turizm salohiyati, mehmondo‘stligi va zamonaviy infratuzilmasini namoyon etish borasida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi yirik sport tadbirlari viloyat va respublika miqyosida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni sportga jalb etishda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng asosiysi, ular uchun bu g‘alabalar keyingi katta sport bosqichlariga yo‘l ochadi.

Slide 1 of 9