Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
янв.21
Munosabat
янв.21
Kattaqoʻrgʻonlik nuroniylar Samarqandga sayohat qilishdi
янв.21
SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI
янв.21
Kattaqoʻrgʻon shahrida “Farovon oila sari” oyligi doirasida oʻtkaziladigan Konferensiya ishtirokchilari kutib olindi.
янв.21
IBRATLI OILALARGA KO'KRAK NIShONLARI TOPShIRILDI
янв.21
QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI OLIMLARI KATTAQOʻRGʻON SHAHRIDAGI TARBIYA MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI
янв.21
MAHALLA DAVLAT VA XALQ OʻRTASIDAGI KOʻPRIK
янв.21
SHARAFLI KASB EGALARI
SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI

SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI

️Bugun oʻquv yili yakunlangani munosabati bilan ilk “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirini shahrimizdagi Ixtisoslashtirilgan maktab boshlab berdi. Tadbirga shahar hokimi Gavhar Alimova, maktab jamoasi, ota-onalar ishtirok etdilar. 

Unda soʻz olgan shahar hokimi yangi hayot sari qadam qoʻyayotgan yoshlarni muborakbod etdi va kelgusida oliy taʼlimda oʻqishni davom ettirishlari, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan komil insonlar boʻlib voyaga yetishlarini tiladi.

️Tadbir davomida oʻtgan yillar davomida maktabning faoliyati, erishilgan yutuqlari haqida soʻz yuritildi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

 2022-yildan faoliyatini boshlagan taʼlim dargohida 436 nafar oʻquvchi tahsil olib kelmoqda. Oʻquvchilarda 95 ta milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlar mavjud.

Shuningdek, tadbirda faol va yutuqlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga hamda ota-onalarga shahar hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.

Slide 1 of 10