Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xoja Porso qabristonidagi holat deputatlik nazoratiga olindi

Hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov tomonidan 6-Xo‘japorso saylov okrugi hududidagi Xoja Porso qabristonining holati o‘rganildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ–276-son “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi, qabriston hududining sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan infratuzilmaviy sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hududda ayrim infratuzilmalarni yaxshilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Xususan, qabriston bo‘ylab fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha piyodalar yo‘laklarini tashkil etish hamda ayrim qismlarni asfaltlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududdagi sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, chiqindilarni yig‘ish joyini tartibga keltirish hamda fuqarolar uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Muhimi, o‘rganish davomida aniqlangan masalalar faqat qayd etib qo‘yilmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi. Mazkur ishlarning bajarilishi deputatlik nazoratiga olinadi.

Qabristonlar holati — nafaqat obodonlashtirish, balki inson sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat, jamoat joylarida tartib va sanitariya talablariga rioya etish bilan bog‘liq masaladir.

Slide 1 of 6