35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida

🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida

Kitob tumanidagi barcha mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli, maroqli va samarali o‘tkazishga qaratilgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Inoyatova Dilobar Shukrullayevna ham o‘zi saylangan okrug hududida faol ish olib bormoqda.

Deputat tomonidan o‘z saylov okrugidagi mahallalar hamda maktablarda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan to‘garaklar, sport musobaqalari va kitobxonlik tadbirlari jarayoni yaqindan o‘rganildi.

📌 Asosiy maqsad: Yosh avlodning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, ularni kitobxonlik, sport va kasb-hunar to‘garaklariga keng jalb qilish hamda yozgi ta’til davomida xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Tumanimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni haratmonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar deputatlarimiz nazoratida izchil davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  ✅Telegram | 📹YouTube

Slide 1 of 5