Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati X. Jo‘raxolov tomonidan Shirin mahallasi saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X. Berdiyarova, mahalla saylovchilari hamda ko‘chaboshilar ishtirok etdi. Tadbir davomida deputatning joriy yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan axboroti tinglanib, hududni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar hamda saylovchilarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

✅ Shirin mahallasida amalga oshirilgan ishlar

Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, 

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-son qarori doirasida:

  • 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga quyosh paneli o‘rnatildi, natijada muassasaning elektr energiyasi xarajatlarini qisqartirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.

🔹 Investitsiya dasturlari doirasida:

  • 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
  • 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar sezilarli darajada yaxshilandi.

Mazkur loyihalar orqali mahallada ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masala

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida zamonaviy sport zalini barpo etish masalasi ko‘tarildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda maktabda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini yilning barcha fasllarida zamonaviy sharoitlarda tashkil etish uchun sport zali mavjud emas. Bu esa o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur obyektni tegishli davlat dasturlari va investitsiya loyihalariga kiritish, sport zalini qurish uchun zarur mablag‘larni ajratish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy yordam so‘raldi.

📌 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring olib borilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5