Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_qonun

Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir bolaning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, uning jismoniy, intellektual hamda ma’naviy jihatdan har taraflama kamol topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish kafolatlangan.

Ushbu qonun talablarining ijrosini ta’minlash hamda bog‘chalarda yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.

O‘RGANISH VA MONITORING JARAYONIDA QUYIDAGILARGА E'TIBOR QARATILDI:

🟢 Ta’lim-tarbiya sifati va metodika:

Qonunchilikda belgilangan davlat standartlariga mos ravishda tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, mashg‘ulotlarning interaktiv va qiziqarli tashkil etilishi hamda pedagog xodimlarning mahorati atroflicha ko‘rib chiqildi.

🟢 Sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish:

Bolalarning salomatligini muhofaza qilish — ustuvor vazifa! Shu bois, muassasadagi kunlik taomlar ratsioni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi holati sinchiklab tekshirildi.

🟢 Moddiy-texnik baza va xavfsizlik:

Guruh xonalari, yotoqxonalarning shinamligi, o‘yinchoq va o‘quv qurollarining yetarliligi, oshxona hamda bog‘cha hududidagi obodonlashtirish va xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida bolajonlarning Quvonchli chehralari va yaratilgan sharoitlardan mamnunligi mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini ko‘rsatib berdi. Deputat I.Xalmatov tomonidan muassasa rahbariyatiga ta’lim sifatini yanada oshirish, ovqatlanish ratsioni nazoratini doimiy ushlab turish va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni kengroq joriy etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

“Kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimiz uchun yanada munosib sharoitlar yaratish va ularning har taraflama barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.”

Slide 1 of 5