Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni bevosita nazoratga olgan.

Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida, “Alisherobod” mahallasida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Dastur doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish, mahalla ichki avtomobil yo‘llarini va transport kommunikatsiya tizimini ta’mirlash, ko‘chalarni yoritish tizimini tiklash hamda issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish kabi amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, deputat aholi tomonidan Мilliy bog‘ ko‘chasidagi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining ro‘parasidagi avtobuslar bekati yon atrofidagi daraxt shoxlarining to‘sib turishi oqibatida ko‘rinmayotganligi xaqidagi murojaat o‘rganilib, bekat atrofidagi daraxtlar shoxlarini bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yubordi.

Slide 1 of 5