Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi

Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Nargiza G‘aybullayevna Xudoyqulova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanovalar tomonidan Navoiy viloyati Endokrinologiya markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazning 2019-yilda qurilib foydalanishga topshirilgani, 3 903 kvadrat metr yer maydonida joylashgani hamda unda 230 nafar xodim faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlarining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena holati, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ularning yaroqlilik muddatlariga rioya etilishi hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7