Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi elektr ta’minoti muammosi nazoratga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Husniddin Ergashev tomonidan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ bosh direktori Sh.A. Po‘latov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Shayxontohur tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlandi. Unda mahalla hududidagi Tinchlik 1-, 2-, 3-, 4-tor ko‘chalari, Beruniy, G‘. Uzakov hamda Shayx-Zayniddin ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida muntazam uzilishlar kuzatilayotgani qayd etilgan.

🔎 Murojaatlarga ko‘ra, mazkur hududlarda elektr energiyasi kun davomida 5–6 soatgacha uzilib qolayotgani, bu esa aholi turmush tarziga, maishiy ehtiyojlarni qondirishga hamda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani sababli fuqarolar orasida asosli noroziliklarga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Husniddin Ergashev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ bosh direktori Sh.A. Po‘latovdan mazkur hududlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabablarini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masala aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni hal etish maqsadida deputat Husniddin Ergashev tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1