Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#tibbiyot #deputatlar faoliyati

Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari — 12-okrug deputati Zuhra Pulatova hamda 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayev, Kotibiyatdan biriktirilgan bosh mutaxassis M.Begmatovlar tomonidan "Olmaliqovul" mahallasi hududida joylashgan 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish va nazorat tadbirlari tashkil etildi.

🔍 Tibbiy xizmat sifati: Poliklinikaga tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining darajasi tahlil qilindi.
Bepul dori-darmon ta’minoti: Davlat tomonidan aholiga bepul berilishi ko‘zda tutilgan dori vositalarining ro‘yxati, ularning zaxirasi va taqsimoti ko‘zdan kechirildi.
Xodimlar bilan muloqot: Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning ish faoliyati, shart-sharoitlari va mavjud ehtiyojlari muhokama qilindi.
💬 Deputatlar muassasaga kelgan bemorlar va mahalla fuqarolari bilan bevosita suhbatlashdilar. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davomida aholi poliklinikadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlaridan, shifokorlarning muomalasi va e’tiboridan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Xulosa o‘rnida: Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot sohasidagi islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4