Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#muzey #deputat nazorati

Olmaliq shahar "O‘lkashunoslik" muzeyining bugungi holati, eksponatlar saqlanishi va moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash kotibiyatidan biriktirilgan mas’ul xodim Muhriddin Begmatov muzeyda bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Muzey fondida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarning xavfsizligi va saqlanish darajasi;
Tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan qulayliklar;
Muzey binosining isitish-sovitish tizimlari hamda mavjud muammolar.

Deputat F. Matasimov ta’kidlaganidek: "Muzey — shunchaki o‘tmish ko‘zgusi emas, u yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan ma’naviyat maskanidir. Shu bois, bu yerdagi muammolarni hal etish, muzey jozibadorligini oshirish doimiy e’tiborimizda bo‘ladi."
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muzey faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar shakllantirilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5