Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Xotin-qizlar faoliyatining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.Suyerova tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari” bilan ishlash holati, daftarga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, ularni bandlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning har biri kesimida yuritilayotgan hujjatlar, ularning murojaatlari ijrosi, amaliy yordam ko‘rsatish holati, muammolarning yechimini ta’minlashda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik samaradorligi ko‘rib chiqildi. Xususan, ishsiz xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar olishda ko‘maklashish, kasbiy tayyorgarlik kurslariga jalb etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Deputat mahalladagi xotin-qizlar murojaatlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash deputatlik nazoratiga olinishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2