Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlarini rejalashtirish jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning "Pargos" mahallasida yangi ichimlik suvi quvuri tarmog‘ini tortish ishlarini loyihalashtirish jarayonlarida ishtirok etib, mas’ul tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

🔺O‘rganish davomida loyihaning texnik yechimlari, quvur tarmoqlarining yo‘nalishi, suv ta’minotidan to‘liq foydalana olmayotgan hududlarni qamrab olish imkoniyatlari hamda qurilish ishlarini belgilangan me’yor va talablar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi sonining o‘sishi va kelgusidagi ehtiyojlar inobatga olingan holda quvurlar diametri, suv bosimi va tarmoqning uzoq muddatli samaradorligini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.

🔺Deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha fikr-mulohazalari hamda mavjud muammolarini tingladi. Ayrim ko‘chalarda ichimlik suvi tarmog‘ining mavjud emasligi yoki eskirganligi sababli yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar qayd etilib, ushbu muammolarni loyiha doirasida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3