11-dekabr – Xalqaro tog'lar kuni
🚛Har yili 11-dekabrda butun dunyo Xalqaro tog'lar kunini nishonlaydi. Tog'lar yer kurrasidagi eng muhim tabiiy resurslardan biri hisoblanadi. Ular o'zining noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, toza ichimlik suvi manbalari bilan ajralib turadi. Dunyo aholisining 13 foizi aynan tog'li hududlarda yashaydi.
✔️Xalqaro tog'lar kuni munosabati bilan, O'zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati L. Karimova rahbarligidagi volontyorlar tog'ga sayohat qilishdi. Sayohat davomida tog'larni asrab-avaylash, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish haqida tushunchalar berildi.