Mingbuloqqa tashrif: amaliy ishlar va muammolar yechimiga e’tibor
✔️Uchquduq tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov tumanning chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Mingbuloq” ovuliga tashrif buyurib, ijtimoiy soha ob’yektlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🚛Tashrif davomida hokim ovuldagi 11-maktab, 4-DMTT, va OSHPning qish mavsumiga tayyorgarligi, ta’lim jarayoni samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga alohida e’tibor qaratdi.
✔️Shuningdek, ilgari berilgan vazifalar ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabning isitish tizimi sozligi va qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va vazifalar belgilab berildi.