Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat tashabbusi bilan “Tinchlik” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda

 Deputat tashabbusi bilan “Tinchlik” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati X.Raximov joriy yilning yanvar va fevral oylarida 24-Tinchlik saylov okrugida aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish xolati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazgan edi. O‘rganishlar natijasida Oltiariq tuman Tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasi
binosi abgor xolatda ekanligi, xodimlarga sharoit yetarli emasligi hamda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda noqulaylik mavjudligi aniqlangan.
X.Raximov mavjud muammolarni jamlab, tuman hokimi Sh.Turdalievga tez tibbiy yordam brigadasi binosini mukammal ta’mirlash yuzasidan taklif kiritdi. Taklif tuman hokimi tomonidan ma’qullandi, rekonstruksiya ishlari uchun tuman hokimligi tomonidan mablag‘ ajratildi va 8-brigada binosini qayta qurish ishlari amalga oshirila boshlandi.  

Slide 1 of 3