Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
янв.21
Karmana tumanida xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji: Deputat mahallada amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi
янв.21
Yangiobod mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Chorvachilikni rivojlantirish uchun berilgan imtiyozli kredit samarasi oʻrganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Karmanada yirik loyiha: "Navoi Prom Grand" MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqaro murojaatini tingladi ва huquqiy tushuncha berdi
янв.21
CHORVACHILIK LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Ekspert guruhining yangilangan tarkibi bilan birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yangilangan tarkibi ishtirokida birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”ning mazmun-mohiyati yangi a’zolarga batafsil tushuntirildi.

Xususan, ekspert guruhining mahalliy Kengash faoliyatini ekspert va axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlash, sessiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalarni o‘rganish, qaror loyihalarini tahlil qilish, nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish hamda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Slide 1 of 3