Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi bosh mutaxassisi G. Jabbarova 1-Navro‘z saylov okrugi deputati M. Uralovning mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli uning vakilligi doirasida “O‘zbekiston” mahallasida bo‘lib, mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, yoshlarni sport, ta’lim, kasb-hunar o‘rganish hamda turli loyihalarga jalb etish bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va takliflar yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.