Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi

🏛 Yangihayot tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish hamda ijtimoiy masalalarga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

📝 Sayyor qabul xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova hamda Yangihayot tuman Kengashi deputati Baxtiyor Mirzaqulov tashabbusi bilan o‘tkazildi. Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Tursunoy Karimova ham ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat Zulfiya Mo‘minova fuqarolar bilan samimiy muloqot olib borib, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda jamiyat taraqqiyotiga sidqidildan xizmat qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, har bir inson o‘z mehnati va kasbi orqali yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

📋 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, davolanishga ko‘maklashish, uy-joy va kommunal xizmatlar, elektr energiyasi hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputatlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, aksariyat masalalarga joyida amaliy yechim topildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

🤝 Tadbir davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash, mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4