Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi — ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratining muhim omili”

“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi — ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratining muhim omili”

🗣 2026-yil 18-may kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan “Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari, mahalliy Kengash deputatlari, soha mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

📊 Xususan, joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamoatchilik eshituvlari, deputatlik so‘rovlari, ochiq qabullar va ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish orqali aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

🗂 Tadbir davomida O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash instituti Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon Qo‘chqarovaning “Joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda davlat grantlari hamda ijtimoiy buyurtmalarning ahamiyati: mahalliy ijro hokimiyati va deputatlik guruhlari bilan hamkorlik masalalari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

📝 Ma’ruzada davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar orqali mahallalardagi dolzarb muammolarni hal etish, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik korpusi bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

💼 Shuningdek, tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston “Adolat” SDP deputati Kamolidin Azizov hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Jamshid Karimovlar ishtirok etdi.

↗️ Davra suhbati konstruktiv muloqot, o‘zaro tajriba almashish va mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim maydon sifatida ahamiyat kasb etdi.

🧠 Shu bilan birga, tadbirda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qaror va tashabbuslarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6