Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida Kadastr palatasi tuman filialida Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni e'tirof etish toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔵Oʻrganish davomida fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, arizalarni koʻrib chiqish jarayonlari, qonun talablarining amaliyotda qoʻllanilishi va murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

🔵Kadastrlar palatasi tuman filialida manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida bir qator nazorat va profilaktik mexanizmlar joriy etilgan.
Jumladan:
-xodimlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinishi;
-xizmat vazifalarini bajarishda shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymaslik;
-manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan hollarda bu haqda rahbariyatni xabardor qilish tartibi;
-korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimining yoʻlga qoʻyilgani;
-fuqarolar murojaatlarini qonuniy va oʻz vaqtida koʻrib chiqish;
-davlat xizmatlarini elektron tizimlar orqali koʻrsatish orqali inson omilini kamaytirish;
-xodimlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilishi.

🔵Shuningdek, tizimda xizmat intizomi, etik me’yorlarga rioya etilishi hamda noqonuniy harakatlarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini qoʻllash amaliyoti sohaga oid xizmatlarning qonuniy, adolatli va shaffof amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🔵Deputat tomonidan xodimlarga qonun ijrosini samarali tashkil etish, fuqarolarga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2