Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangiariq” mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI – AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – XALQ MANFAATLARI YO‘LIDA AMALIY MULOQOT
янв.21
Deputat dorixonalar faoliyati va dori-darmonlar narxini o‘rgandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni yoshlar maslahat guruhi yetakchisi Shaxobiddin Aliqulov olib bordi.

Yig‘ilish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. Xususan, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 Yig‘ilish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1