Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KARMANA TUMANIDA OMMAVIY QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
KQ-35 IJROSI DOIRASIDA MAHALLADAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tashabbusi: “Beshkent” va “Farhod” mahallasidagi o‘quvchi-qizlar kasb-hunarli bo‘lishdi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va istiqbolli rejalar deputat hamda “mahalla yettiligi” e’tiborida
янв.21
Karmana tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati va istiqbolli loyihalar o‘rganildi
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Allon mahallasida xavfsiz muhit va qonun ustuvorligi deputat nazoratida
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA INNOVATSION TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12–“Sharq yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida “Sharq yulduzi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalari avariya holatida ekani, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani hamda tandirxonalar mavjud emasligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1