Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
OLIS HUDUD YOSHLARI UCHUN YANGI TASHABBUS ILGARI SURILDI

Romitan tuman markazidan 265 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘rida, qo‘shni Xorazm viloyatiga chegaradosh, mamlakatimizning janubiy “qon tomiri” – Amudaryo boʻyida "Qizilravot" mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. 

Jumladan, hududdagi 39-umumtaʼlim maktabida Romitan tuman "Kelajak" markazining "Robototexnika va konstruktorlik" va "Ingliz tili" tarmoq toʻgaraklari oʻz faoliyatini boshladi. 

Ushbu toʻgaraklarda mashgʻulotlarni yoʻnalish boʻyicha mutaxassis kadrlar olib boradi. Mashgʻulotlar masofadan turib(online) koʻrinishda tashkil etildi.

1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev va tuman mutassadilari, viloyat "Kelajak" markazi direktori Muxammadjon Kamildjanov tomonidan faoliyatni boshlagan toʻgarak a’zolariga omad tilanib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Slide 1 of 1