Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati A.Jo‘rayev tomonidan 2025–2026 yillarda Navoiy viloyatida yo‘l-transport infratuzilmasini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturlar ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Yangiobod MFYdagi Urganji ko‘chasida 1,3 km, Yangiobod ko‘chasida esa 1,5 km ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda mazkur yo‘llarda tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Uyrot MFY joylashgan oilaviy shifokorlik punktida ham keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, ta’mirlash ishlarini joriy yil mart oyining oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6