Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo’lib o’tdi.
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
Deputatlar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ko‘rsatilgan yordamlar va ularni ro‘yxatidan chiqarish bo’yicha fikr mulohazalar bildirilib, kun tartibidagi masala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko’rib chiqilishi bir ovozdan tasdiqlandi.