Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida dehqon bozori faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Mahalla sport inshootlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
Payshanba – Yoshlar Kuni: “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“RAHBAR VA YOSHLAR” uchrashuvi
янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
Davlat dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Sh.Karimov, Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi deputatlari ishtirokida Marg‘ilon shahar “Yorqin” MFY hududida joylashgan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Loyiha qiymati 2 milliard 156 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur obyektni rekonstruksiya qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratishdan iborat.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari bilan joyida tanishilib, quruvchi tomonidan ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani hamda belgilangan muddat buzilgani aniqlandi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq va sifatli tashkil etish, shuningdek, obyektni qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish — kelajak avlod tarbiyasiga qaratilgan muhim sarmoyadir. Shu bois mazkur loyiha yuzasidan deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettiriladi

Slide 1 of 10