Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 19–“Guruchariq” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiqul Bobomuratov tomonidan “Guruchariq", "Qorasaroy", "Chinniobod" mahalla faollari va fuqarolar bilan hududdagi 28-umumta'lim maktabida 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari va "2026-yilga mo'ljallangan davlat dasturi, hamda murojaatnomaning mazmun-mohiyati" bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berildi.

 Yig‘ilishda okrug tarkibiga kiruvchi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish hamda yoshlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan chorak davomida mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar va qabullar jarayonida aholi murojaatlari joyida o‘rganilgani, ayrim masalalar tezkorlik bilan hal etilgani, shuningdek, tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgani qayd etildi.

Jumladan, Deputatlik so‘rovi Olmazor tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D. Mirxalikov nomiga yo‘llangan bo‘lib, unda “Guruchariq” MFYning Sariq suv 2-berk, 2-Guruchariq hamda Alohida tor ko‘chalari hududida jami 22 dona eskirgan simyog‘ochlar mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur simyog‘ochlarning texnik holati bugungi kunda aholi xavfsizligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi inobatga olinib, ularni zamonaviy va xavfsiz yangi simyog‘ochlarga almashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar natijalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi ham deputatlik so‘rovida alohida belgilangan.

 Axborot davomida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalarida, doimiy komissiya yig'ilishlarida qabul qilingan qarorlar yuzasidan ma'lumotlar berdi. Shu bilan birga, hududdagi ta'lim tashkilotlari hamda sog'liqni saqlash tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borilgani ma’lum qilindi.

 Axborotdan so‘ng deputat Turdiqul Bobomuratov bilan savol-javob o‘tkazilib, nuroniy fuqarolar uning okrugdagi faoliyatini ijobiy baholab, kelgusida ham aholi muammolarini hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlandi

Slide 1 of 7