Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

✔️Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi, mas’uliyatli va hal qiluvchi bosqichni boshlab berdi. Ushbu Murojaatnoma Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda kelgusidagi ustuvor vazifalarni aniq belgilab berdi.

✔️Murojaatnomada jamiyat hayotida mahallaning o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni innovasion asosda rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish hamda inson kapitaliga investisiyalarni ko‘paytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilab berildi.

✔️Murojaatnomada qonun chiqaruvchi hokimiyat va mahalliy Kengash deputatlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyatini yanada oshirish masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Davlat rahbari deputatlar faoliyati xalq bilan yaqin muloqotga, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishga qaratilgan bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Bu esa deputatlarning faqat qonun ijodkorligi bilan cheklanib qolmasdan, aholi manfaatlarining haqiqiy himoyachisi sifatida faol ish olib borishini taqozo etadi.

✔️Xususan, 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi deputatlar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklamoqda. Chunki mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy dasturlar va davlat loyihalarining samaradorligi ko‘p jihatdan mahalliy Kengash deputatlarining tashabbuskorligi, nazorati va faol pozisiyasiga bog‘liq.

✔️Murojaatnomada ilgari surilgan tarixiy tashabbus — Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejasining e’lon qilinishi mamlakatimiz ilm-fani va texnologiyalari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ko‘rsatadi. Bu kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishda ham parlament va deputatlik korpusining qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi roli beqiyosdir.

✔️Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining 6-bosqichda izchil va batafsil tushuntirib berilgani islohotlarning aniq maqsad va vazifalar asosida amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu jarayonda deputatlar ijro intizomini ta’minlash, qabul qilinayotgan qarorlar ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faol ishtirok etishi lozim.

✔️Xulosa qilib aytganda, Prezident Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim dasturilamal bo‘lib, u davlat organlari, deputatlar va fuqarolik jamiyati institutlari oldiga aniq vazifalar qo‘yadi. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi esa xalq va deputat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

⚡️

 @sam_vil_deputatlari