Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 207-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida targʻibot-tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 207-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida targʻibot-tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati fakultet dekani Feruza Salomova soʻzga chiqib, Farmonda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashning davlat siyosatidagi oʻrni, yoshlar salomatligini asrash hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasidagi muhim jihatlarga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, talabalar orasida turli zararli illatlarning oldini olish, tibbiy profilaktikaning ahamiyati, jamiyatda sogʻlom muhitni qaror toptirishda yoshlarning masʼuliyati keng yoritildi. Shuningdek Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rin bosari A.A.Razzoqov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining ota-onalar hamda talaba yoshlarga murojaatini o’qib eshitirdi, hamda mazmun mohiyatani tushuntirib berdi.

Tadbir davomida talabalarga Farmon mazmuni yuzasidan batafsil tushunchalar berilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlar ongida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sogʻlom avlod tarbiyasini taʼminlash hamda jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi

Slide 1 of 2