Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz shahar “Guliston” MFYda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Homidov hamda “mahalla vakillari” ishtirokida aholini ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputat mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli va manzilli yo‘naltirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyatini aholiga yetkazish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so'ng, deputat tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayollar daftarining yuritilshi, keksa va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi masalalarda amalga oshirilgan ishlarini o‘rganib chiqildi.

O'rganish davomida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari  tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5